Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Vatanparvar mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 16-may kuni Shirin shahri Vatanparvar mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Vatanparvar mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Mirahmedova Malika Sobirjonovna – 22.05.1988 yilda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 3 nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, 2010 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. Ish (mehnat) faoliyatini 2013-2021 yillar davomida Jizzax viloyati, Baxmal tumani, 72-sonli umumtalim maktabida o‘qituvchi vazifasida faoliyat olib borishdan boshlagan.

Nomzod Mirahmedova Malika Sobirjonovnaning namunaviy dasturi

Men Mirahmedova Malika Sobirjonovna Vatanparvar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsaqoli) saylash bo‘yicha o‘tkazilayotgan fuqarolar yig‘ini saylovida o‘z nomzodim bilan ishtirok etayotgan ekanman, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yo‘lida astoydil ishlashga so‘z beraman.

Mahallamizda yolg‘iz yashovchi, kam ta’minlangan oilalar mavjud emas. Ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor oilalarga MFY tomonidan hamda homiylar biriktirilgan holda moddiy hamda ma’naviy yordamlar berib kelinmoqda, bundan keyin ham ushbu oilalarimizga ko‘maklashib, holidan xabar olib turishni burchim deb bilaman.

Ushbu ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironli mavjud oilalarimizga fuqarolarni band qilish maqsadida ularga imkon doirasida kreditlar olib berish, xohlovchilarga tikuv mashinalari olib, o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishlariga ish bilan band bo‘lishlarini tashkil qilaman.

Mahallamizda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan, bundan keyin ham salbiy holatlarni oldini olish maqsadida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mavzularida tadbirlar tashkil qilaman.

Maktablarda o‘quvchilarning davomatini nazoratga olish, ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lish, “Oila – mahalla – ta’lim – muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha, shuningdek kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsataman.

Shakirova Ulbo‘sin Hasan qizi – 14.02.1987 yilda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 2 – nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, 2021 yilda Guliston Davlat unversitetini tamomlagan. Hozirgi kunda Shirin shahar 5-maktabgacha ta’lim tashkilotida psixolog vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Shakirova Ulbo‘sin Hasan qizinining namunaviy dasturi

Men Shakirova Ulbo‘sin Hasan qizi “Vatanparvar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsaqoli) saylash bo‘yicha o‘tkazilayotgan fuqarolar yig‘ini saylovida o‘z nomzodim bilan ishtirok etayotgan ekanman, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yo‘lida astoydil ishlashga so‘z beraman.

“Vatanparvar” maxalla fuqarolar yig‘iniga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini sezgan holda hududni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiraman, albatta.

Avvalo, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qarataman.

Qolaversa, profilaktika inspektori bilan mahallada oila — turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish, oilalardagi tinchlik va totuvlikni ta’minlashga bor imkoniyatimni ishga solaman.

Yolg‘iz yashovchi, muhtoj oilalarga alohida moddiy hamda ma’naviy e’tibor qaratish, ularga homiylar biriktirib, moddiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron bolalarga hamda keksalarga ko‘maklashishni burchim deb bilaman.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizmga moyil fuqarolar bilan, ayniqsa, yoshlar bilan keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning ruhiyati va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli omillardan ularni himoyalashni tashkil etaman.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan