Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o’tkazildi

Aholi murojaatlari bilan ishlash borasida ommaviy sayyor qabullar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o’tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 20-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida shahar hokimining o’rinbosari Dildora Umarova boshchiligida navbatdagi qabul o’tkazildi.

Mazkur qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, ishga joylashish, uy-joy, kommunal xizmat ko’rsatish va boshqa masalalarda jami 6 ta murojaat yo’llandi. Har bir murojaat tegishli tartibda o’rganilishi natijasida 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 1 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi va qolgan 1 ta murojaat qat’iy nazoratga olindi.

Shirin shahar 1-sektor shtabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan