Saytimizga hush kelibsiz !

O’zbek jang san’ati bo’yicha Shirin shahar sportchilari O’zbekiston chempionatida ishtirok etadi

Joriy yilning 10-aprel kuni Sirdaryo viloyatida sportning O‘zbek jang san’ati turi bo’yicha O’zbekiston chempionatiga saralash bosqichi musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Shirin shahar Bolalar-o’smirlar sport maktabining 10 nafar tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, ularning barchasi faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan holda (4 nafar sportchi 1-o’rin, 4 nafar sportchi 2-o’rin hamda 2 nafar sportchi 3-o’rin) mazkur musobaqaning Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

O’zbek jang san’ati sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionati bahslari joriy yilning 26-28-aprel kunlari o’tkazilishi belgilangan.

Shirin shahar Bolalar-o’smirlar sport maktabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan