Saytimizga hush kelibsiz !

“Yosh qutqaruvchilar” musobaqasi bo’lib o’tdi

Shirin shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida joriy yilning 22-fevral kuni «Yosh qutqaruvchilar» musibaqasining shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Unda barcha maktablardan jamoalar 4 ta shart: savol-javob, 60 metrga yugurish, arqondan osilib o’tish, 1 km masofaga estafeta yugurish shartlari asosida o’zaro bellashishdi.

Mazkur tadbir Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va shahar bo’limi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilib, yakuniy natijalarga ko’ra, 4-umumta’lim maktabi jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning tashkil qilinishidan maqsad o’quvchi yoshlarda favqulodda holatda qanday harakatlanish va bu boradagi bilim va ko’nikmalarni oshirishdan iborat. Ma’lumot uchun, ushbu yo’nalishdagi musobaqalar har yili o’tkazilib kelinadi, xususan 2021-yilda ham umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilar o’rtasida “Sanitar postlari” musobaqasi o’tkazilgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan