Joriy yilning 17-fevral kuni Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov Mirzo Ulug‘bek mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkillashtirilib, unda shahar hokimi yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ular tomonidan berilayotgan takliflarni barchasini o’rgandi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida murojaatlar tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida ishga joylashish, subsidiya, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim krediti va boshqa masalaalrda jami 8 ta murojaat yo’llandi.
Ochiq muloqot mobaynida jami murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo’lsa, qolgan 2 ta murojaat muddat talab qilganliga sababli ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati