Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida noqonuniy yashash holatlari yuzasidan nechta qonunbuzilishlar qayd etilgan?

Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan qator tadbirlar o’tkazilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilot, korxona, firma, o‘quv muassalari va boshqa joylarda noqonuniy yashayotgan, uzoq muddatga ketgan, uzoq muddatga ketib qaytib kelgan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil hamda shubhali shaxslar yig‘iladigan, yashaydigan joylarni aniqlash maqsadida profilaktika inspektorlari uy boshqaruvchilari, uy-joy shirkatlari vakillaridan iborat guruhlar tuzilib, ishchi guruh faoliyati yo’lga qo’yildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida shahar hududida vaqtincha ro’yxatsiz yashab kelayotgan 8 nafar xorijiy fuqarolar, 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ya’ni xonadon egalari aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jumladan, 30.12.1960 yilda tug‘ilgan, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, X.M, 19.02.2015 yilda berilgan tegishli pasporti bilan shahar hududida 9 kun ro’yxatsiz yashab yurganligi aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi MjtKning 225-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birgalikda, Shirin shahar Do’stlik mahallasida o‘tkazilgan tadbir davomida 25.12.1960 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi U.E o‘z uyida 13.12.1987 yilda tug‘ilgan, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi B.A ni 9 kundan beri ro’yxatsiz yashab kelishiga sharoit yaratib berganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortildi, shuningdek, ushbu mahallada 13.11.1980 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, M.A o‘z uyida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi V.L.ni noqonuniy yashashga sharoit yaratib berganligi aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225 moddasi 5-qismi bilan jarimaga tortildi.
Mazkur tadbir davomida Mirzo Ulug‘bek mahallasida o‘tkazilgan tadbir davomida 09.11.1974 yilda tug‘ilgan, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, V.L. 03.07.2021 yilda berilgan tegishli pasporti bilan shahar hududida 8 kun ro’yxatsiz yashab yurganligi aniqlandi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Ma’lumot uchun, Shirin shahrida joriy yil boshidan shu vaqtga qadar yuqorida keltirilgani kabi fuqarolarning noqonuniy yashab kelishi bilan bog’liq jami 14 ta qonunbuzilish holatlari qayd etilgan bo’lib, ularning bachasiga qonuniy tartibda javobgarlik belgilangan.

Shirin shahar ichki ishlar bo’limi
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan