Saytimizga hush kelibsiz !

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr – Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”ni tan olgan, a’zosi hisoblangan davlatlarda turli tadbirlar va aksiyalar uyushtiriladi, plakat va tarqatma materiallar chop etiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi.
Shu sababdan ham, mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ko‘p borada ta’kidlanganidek, korruptsiya bu – davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi.
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sayi-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan