Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan boshlab dunyo bo‘ylab har yili 1 dekabr kuni nishonlanadi.
Mazkur kun sog‘lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, OITS haqida jamoatchilikni xabardor qilish, mazkur kasallikdan vafot etgan insonlarni yodga olish, qolaversa, OITSga qarshi kurash yo‘lidagi yutuqlarimiz, jumladan, bu kasallikning jadallashishini to‘xtatib turish va oldini olish bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoni endilikda yanada ko‘proq insonlarda mavjudligini eslash uchun yaxshi imkoniyatdir.
Birinchi bo‘lib, Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini 2004 yilga qadar YuNEYDS agentligi o‘zining tashkil etilishidan boshlab nishonlab kelgan. 2004 yildan esa mazkur sana Butunjahon OITSga qarshi kurash tashabbusining Global boshqaruv qo‘mitasi butun dunyo bo‘ylab fuqarolik jamiyati, OITSga qarshi kurash sohasida faoliyat yuritayotgan turli tashkilotlar va hukumat idoralari bilan birgalikda har yili Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash munosabati bilan muayyan bir mavzuni belgilab olib, tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan.
Bunday mavzular bir yokki ikki yillik davrni qamrab olib, nafaqat Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash, balki boshqa tadbirlar bilan ham ulanib ketadi. “OITSni to‘xtating. Bergan va’dangizning ustidan chiqing!” kabi shiorlar ostida OIV va OITSga qarshi kurash doirasida yillar davomida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi