Saytimizga hush kelibsiz !

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi o’z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarori qabul qilinib unga ko’ra, tuman hamda shaharlarda yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil qilinishi hamda uning tegishli vazifalari belgilandi. Shirin shahrida ham yuridik xizmat ko’rsatish markazi tashkil qilinib, hozirgi kunda o’z faoliyatini yuritmoqda.

Joylarda, turli tashkilot va muassasalarda mazkur markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori hamda tashkil qilingan yuridik xizmat ko’rsatish markazining maqsad va vazifalari keng tushuntirib borilmoqda. Xususan, Shirin shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan moliya bo’limi, SEOJS bo’limi, madaniyat bo’limi, xalq ta’limi bo’limlarida tushuntirish va targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. Tadbirda    

 – Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

 – Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

 – Davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

 – Davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash belgilanganligini tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari markazning yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda yuridik xizmatlar ko‘rsatilishi, markaz xodimi tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida vakil sifatida ishtirok etishda bir taraf sifatida adliya organlari qatnashadigan bitim tuzishda yoki sud protsessida yoxud boshqa nizoli hollarda davlat organi va tashkilotining vakili sifatida markaz xodimi ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi, ushbu holatda davlat organi va tashkiloti belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yuridik xizmati yoki advokat jalb etishi mumkinligi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida shartnomaviy yoki boshqa huquqiy munosabatlar natijasida nizoli holatlar kelib chiqqanda, Markaz nizoli holatlarni sudgacha hal qilish choralarini ko‘rishi, bunda, Markazlar nizolashayotgan tashkilotlarning vajlarini o‘rganib nizoli holatni bartaraf etish bo‘yicha tashkilotlarga taklif berishi, Markaz tomonidan berilgan taklifdan norozi bo‘lgan tashkilot nizoli holatni bartaraf etish uchun o‘zining yuqori turuvchi organiga yoki advokatga murojaat etishi, Davlat organi va tashkilotidan kelib tushgan yuridik tusdagi hujjatlar Markaz tomonidan ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ham to‘liq ma’lumot berildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan