Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Keksalar haftaligi” doirasida nuroniylar uchun konsert tashkillashtirildi

“Keksalar haftaligi” doirasida turkum tadbirlar davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 7-oktabr kuni Shirin shahrida nuroniylar uchun Bolalar musiqa va san’at maktabida konsert dasturi namoyish qilindi.

Shahar madaniyat bo’limi hamda Bolalar-musiqa va san’at maktabi tomonidan bir-biridan qiziqarli chiqishlar, musiqiy sahnalar, go’zal kuy-qo’shiqlar ijrosida o’tkazilgan mazkur tadbir barcha nuroniylarning kayfiyatiga ko’tarinkilik bag’ishladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan