Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 36-sessiyasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida deputatlar, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida Xalq deputatlari Shirin shahar kegnashining navbatdagi 36-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi va tegishli mas’ullarning hisobotlari o’qib eshittirildi:
1. Sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarni tasdiqlash;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari R. Boyqobilovning hisoboti o’qib eshittirildi.

3. Shahar Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining hisoboti;

4. Sessiyalarda qabul qilingan qarorlarning ijrosi to‘g‘risida;

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshiriladigan ishlar haqida;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

8. «Ayollar daftari»dagi fuqarolarni ro’yxatdan chiqarish va ro’yxatga kiritish masalasi va boshqa masalalar.

Sessiya davomida kun tartibiga binoan ko’rib chiqilgan qator masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi, shu bilan birgalikda bir nechta qaror loyihalari deputatlar tasdig’idan o’tmadi va navbatdagi sessiyaga qoldirildi.

Yakunda «Kuz-qish» mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko’rish yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan