Saytimizga hush kelibsiz !

Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limiga yangi rahbar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’ining tegishli buyrug’iga asosan, Alimov Farrux Suyarqulovich agentlikning Shirin shahar bo’limiga boshliq etib tayinlandi.

Alimov Farrux Suyarqulovich 1989-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug’ilgan. 2011-yil Guliston davlat universitetining “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishini tamomlagan. 2011-2020 yillarda Boyovut tuman Yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kollejida bir qancha lavozimlarda ishlagan.

Farrux Alimov mazkur tayinlovga qadar Boyovut tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan