Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimi MODERNA vaksinasi bilan emlandi

Bugungi pandemiya sharoitida vaksina olish COVID-19 virusini yuqtirib olmaslikning eng maqbul yechimi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston-Xitoy, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda yaratilgan vaksinalar emlash jarayonlariga tatbiq qilinmoqda.
Shirin shahrida ham emlash jarayonlari jadal tarzda olib borilmoqda. Ayni vaqtda shaharda aholi o‘z tanloviga ko‘ra, O‘zbekiston-Xitoy hamda AQShda ishlab chiqarilgan MODERNA vaksinalari bilan emlanmoqda.
Bugun 9-avgust kuni Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov AQShda ishlab chiqarilgan MODERNA vaksinasining birinchi dozasi bilan emlandi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Shirin shahrida jami 6 mingdan ortiq fuqarolar COVID-19 ga qarshi emlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan