Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 18.03.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan Shirin shahrida yashovchi qarzdor U.I.dan undiruvchi U.O.ning bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun uning voyaga yetgunga qadar har oyda jami daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 18.03.2021 yilda kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga majburiyatlari tushuntirilib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi to‘g‘risida doimiy ravishda ogohlantirish berib kelingan.
Biroq, qarzdor U.I. sud buyrug‘i talabini bajarmasdan bir nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 4 oy davomida aliment to‘lovlarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor U.I. aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi uchun unga nisbatan 28.07.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
474-moddasiga asosan sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, keyinchalik ham ikki oy davomida aliment to‘lovlarini to‘liq to‘lamagan taqdirida jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi