Saytimizga hush kelibsiz !
«Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti ko’rik-tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

«Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti ko’rik-tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 15-iyun kuni «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivalining Shirin shahar bosqichi o‘tkazildi. Festival ishtirokchilari ikki xil 6-10, 11-14 yosh toifasida o’zaro bellashdi.
Festival quyidagi 6 ta yo‘nalish va 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi:
“A” yo‘nalish: fortepiano, torli cholg‘ular, damli va zarbli cholg‘ular;
“B” yo‘nalish: estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi;
“C” yo‘nalish: an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, folklor va xor jamoalari;
“D” yo‘nalish: xoreografiya – Raqs – milliy, ball raqsi hamda zamonaviy raqslar:
1) yakkaxon raqs ijrochiligi;
2) jamoaviy raqs ijrochiligi (2-10 nafargacha);
“E” yo‘nalish:
1) tasviriy san’at – grafika, rang tasvir (natyurmort), haykaltaroshlik;
2) amaliy san’at – kulolchilik, zardo‘zlik, quroqchilik, gilamdo‘zlik, biser to‘qish, dizaynerlik, yumshoq o‘yinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi;
“F” yo‘nalish:
1) nasr – hikoya, ertak;
2) nazm yo‘nalishiga – she’r, g‘azal, doston.
Mazkur musobaqaning shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar joriy yilning iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan festivalning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan