Saytimizga hush kelibsiz !
Muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

Muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 3-aprel kuni Shirin shahar hokimligida “Nurobod” mahallasining Mustaqillik ko‘chasi davlat chegarasiga yaqin joylashgan, davlat va jamoat ehtiyoji uchun olinishi rejalashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlari bilan ochiq muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar, adliya bo‘limi hamda OAV vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar. Shuningdek, davlat va jamoat ehtiyoji uchun olinishi rejalashtirilgan yer uchastkalaridagi 18 nafar mulkdordan 13 nafari ishtirok etdi.

Muhokama davomida fuqarolarga yer uchastkalari va obyektlari buzilishi evaziga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari taklif qilindi.

4 nafar fuqaro ushbu taklifga rozilik bildirib, 2025-yil 12-fevraldagi Shirin shahar hokimligi bilan tuzilgan kelishuv bitimlari asosida kompensatsiya olishga rozi bo‘ldi. Yana 4 nafari esa kelishuv bitimi imzolangan fuqarolarga to‘lov amalga oshirilganidan keyin takliflarga rozilik bildirishini ma’lum qildi.

Qolgan 5 nafar fuqaro kompensatsiya miqdoridan norozi ekanligini bildirdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan fuqarolarga qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, xususan, norozi taraflar sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi eslatib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan