Saytimizga hush kelibsiz !
«Bunyodkor» mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

«Bunyodkor» mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

Shirin shahar «Bunyodkor» mahallasida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Unda shahar Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda bir guruh fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.

✅Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish, doimiy ish bilan ta’minlash va boshqa qator masalalar yuzasidan jami 7 ta murojaatlar kelib tushdi.

Yoʻllangan murojaatlarning 2 tasiga joyida amaliy yechim topildi, qolgan 5 ta murojaat o‘rganish uchun muddat talab etganligi sababli, tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan