Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar Bunyodkor mahallasida «Aholi dam olish maskani» foydalanishga topshirildi

«Tashabbusli budjet» loyihasi asosida Bunyodkor mahallasida yangidan qurilgan «Aholi dam olish maskani”ning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, ushbu bino «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2024-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilib, 360 mln so‘m evaziga barpo etildi. Bu yerda mahalla aholisining hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit mavjud. Qolaversa, qo‘shimcha ish o‘rinlari ham yaratilgan. Xotin-qizlarga tikuvchilik sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. Shuningdek, maskandan yangi kutubxona ham joy olgan.

Exit mobile version