Saytimizga hush kelibsiz !

Shahrimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari ishtirokida repetitsion-diagnostik test sinovlari oʻtkazildi

✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shirin shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’ining tashabbusi bilan shahrimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jami 165 nafar 11-sinf bitiruvchilaridan diagnostik test olindi.

Diagnostik test sinovlari orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan