Saytimizga hush kelibsiz !

Sirdaryo IES korxonasida 2024-yil 1-iyundan 1-iyul kuniga qadar “Texnika xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu oylik munosabati bilan sexlararo ko‘rik-tanlov qizg‘in davom etmoqda. Korxonaning «Issiqlik avtomatika o‘lchovlar sexi» ushbu tanlovda faol ishtirok etdi.  


Xususan, mazkur sexning barcha guruh va laboratoriyalarida texnika xavfsizligi burchaklari tashkil etilib, devoriy gazetalar chiqarildi. Sex komissiyasi tomonidan texnika xavfsizligi qoidalarini amaliy o‘zlashtirilishiga erishish, mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizom masalalari bo‘yicha talabni oshirish, mehnat sharoitlari xavfsizligini tashkil etish kabi vazifalarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.  

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan