Saytimizga hush kelibsiz !

Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim jihatlari tushuntirildi

Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda shaxsiy tarkib o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shirin shahar soliq inspeksiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda soliq sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Taʼkidlanganidek, davlat xizmatchilari eng avvalo kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob axloq qoidalariga rioya etishi, halollik vaksinasi bilan emlanishi lozim. Har bir soliq xodimi “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, soliq xodimlari orasida korrupsion holatlarning oldini olishda eng avvalo jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish kerakligi tushuntirildi.

Shuningdek, shahardagi savdo do‘konlari va aholi gavjum joylarda korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati katta ekanligi borasida fikr bildirilib, bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida bukletlar tarqatildi, hamda murojaat uchun maxsus telegram boti haqida to‘liq maʼlumot berilib, ishonch telefonlari eslatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan