Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur hamda Nurobod mahallalariga yangi rais saylandi

Bugun, 28-aprel kuni Shirin shahrining Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur hamda Nurobod mahallalarida mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi o’tkazildi. Saylov jarayonlari tugashi bilan saylovchilarning bevosita kuzatuvi ostida to’plangan ovozlar hisoblanib, natijalar e’lon qilindi.

Unga ko’ra:
Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig’iniga Xaydarov Umidjon Suvankulovich;

Nurobod mahalla fuqarolar yig’iniga Jumanov Nurilla Xabibullayevich;

Amir Temur mahalla fuqarolar yig’iniga Jo‘rayev Umidjon Xamidjonovich rais etib saylandi.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan