Shirin shahar hokimi boshchiligida shahar sektor rahbarlari hamda » Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va yolg‘iz yashovchi keksalar yashash xonadonlari o‘rganilib, keys menejment usuli orqali kompleks baholanmoqda. Shuningdek, ushbu oilalar va shaxslarga xizmatlar rejasi hamda homiylar jalb etish orqali yordam va ko‘maklar berilmoqda.