Saytimizga hush kelibsiz !

Senat raisi mahalladagi xotin-qizlar faolining ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy tizim asosida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi bilan tanishdi

Viloyatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, aholi, xususan xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalliy Kengashlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bo‘lib turgan Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva shahrimizda bo‘lib, Shirin shahrida mahalladagi xotin-qizlar faolining ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy tizim asosida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi bilan tanishdi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan mahallalardagi faol xotin-qizlar o‘rtasida «Sen aziz va muqaddassan ayol» shiori ostida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovning Shirin shahar bosqichida ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini shahar hokimi bilan birgalikda taqdirlashdi.

Shundan so‘ng, Vatanparvar mahallasidagi harbiy qismda xizmat o‘tayotgan harbiylarning oilalari bilan uchrashib, hunarmand ayollar tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan