Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi
1. Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
D.Kamalov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini taraflar kelishuviga asosan bekor
qilish to‘g‘risida;
2. J.Xalilovni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh
mutaxassis lavozimiga qabul qilish to‘g‘risida;
3. Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi va Kengash huzuridagi doimiy
komissiyalarning 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 13-21-maqsadlar hamda
aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, irsiy kasalliklarning
oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, onalar va bolalar o‘limini
qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash va boshqa kasalliklarni oldini olishda
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi bosh
shifokori B.Mamadvaliyevning hisoboti.
5. Shahardagi og‘ir mahalalarning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida
aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida 2024-yil uchun
belgilangan dasturlardan tashqari hamda “Deputatlik so‘rovi” orqali kelib tushgan
elektr simlari, beton simyog‘ochlarni, nosoz trasformatorlarni almashtirish va
mahallalarni yoritish choralarini ko‘rish hamda shu ishlar yuzasidan elektr
tarmoqlari korxonasi rahbari D. Oqbo‘tayevning hisoboti.
6. Shirin shahar “Ayollar daftari”ning 4-bosqichida amalga oshirilgan ishlar
hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish
to‘g‘risida Shirin shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
D.Umarovaning hisoboti.
7. Boshqa masalalar.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlarning qizg‘in muhokamalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.