Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Nurobod mahallasida “Sen aziz va muqaddassan ayol” tanlovi oʻtkazildi

Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan mahallalardagi faol xotin-qizlar o‘rtasida «Sen aziz va muqaddassan ayol» shiori ostida ko’rik-tanlov o’tkazilmoqda.

Xususan, bugun 12-fevral kuni Shirin shahrining Nurobod mahallasidagi xotin-qizlar o’rtasida tanlovning mahalla bosqichi oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan xotin-qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan