Ulugʻ alloma tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Shirin shahrida badiiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Navoiyning bebaho ilmiy merosi jahon adabiyoti tarixida hamda milliy madaniyatimiz va adabiy estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi haqida soʻz bordi.
Tadbir davomida shahrimizdagi barcha maktablarga 1000 donadan badiiy kitoblar toʻplami taqdim etildi.