Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov “E-qaror” elektron tizimi bo’yicha birinchi qarorni elektron tarzda imzoladi

Bugungi kunda raqamlashtirish, elektron hukumatni joriy qilish bosqichma-bosqich davlat tashkilotlarida joriy qilinmoqda. Xususan, «E-qaror» elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali hokimliklar faoliyati va ish yurituvi shaffofligini ta’minlash nazarda tutilgan. Bu fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo’lishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar o’rnatilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun 21 may kuni Shirin shahar hokimligida tashkil etilgan o’quv-seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro’yxatdan o’tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida so’z bordi.

Tadbirda hokimlik va shahar tashkilotlarining soha bo’yicha tegishli mas’ullari ishtirok etdi.

Yakunda «E-qaror» elektron tizimi joriy qilingandan so’ng, Shirin shahar hokimi ushbu tizim orqali dastlabki qarorni elektron tarzda imzoladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan