Xabaringiz bor yangi yilning fevral oyidan imtiyozli kreditlarga resurslar ochilib, hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda ish o’rinlari yaratish va aholini o’zini-o’zi band qilishga qaratilgan bir qator tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Xususan, bugun 5-fevral kuni Respublika markaziy banki ishchi guruhi tomonidan Shirin shahrida mahallalaridagi hokim yordamchilari va tadbirkorlar uchun Davlatimiz rahbarining PQ-7 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va dasturda yangi tizimlarni joriy etilishi borasidagi yangilanishlar yuzasidan taqdimot o’tkazildi.
Shuningdek, taqdimot so’ngida hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.