Avval xabar berganimizdek «O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarining iqtisodiy-madaniy forumi» doirasida Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qovun sayli va qardosh millatlar vakillari ishtirokida badiiy kechalar bo‘lib o‘tdi. Unda shahrimiz vakillari ham munosib ishtirok etishdi.