Saytimizga hush kelibsiz !

Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal anʼana hisoblanadi.

Ushbu anʼanani davomi sifatida bugun Shirin shahridagi “Orom” istirohat bog‘ida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bayram tadbirlari davomida shahar tashkilotlari o‘rtasida “Eng yaxshi Navro‘z taomlari ko‘rgazmasi” va “Eng yaxshi milliy qadriyatlar” namoyishi kabi tanlovlar tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda o‘zbekona anʼanalar, qadriyatlar aks etgan tomoshalar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga bayram kayfiyati ulashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan