Joriy yilning 15-noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan 2022-yilning kelgusi davrida aholining korrupsiyaga bo’lgan munosabati, shuningdek, sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar hamda byudjet mablag’larining noqonuniy sarflanishi yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda Sirdaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi G. Djonjigitova, Sirdaryo viloyati hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basi mudiri S. Xodjayev, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi huzuridagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha doimiy komissiyasi raisi D. Abdullayeva hamda Shirin shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.