Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida yana bir kichik savdo shoxobchasi o’z faoliyati boshladi

Joriy yilning 26-avgust kuni Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasida yangi maishiy texnika savdo do‘koni o’z faoliyatini boshladi. Ochilish marosimi sifatida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli, nuroniylar hamda bir guruh mahalla faollari ishtirok etdi.

Mirzo Ulug’bek mahallasidagi hokim yordamchisiga ushbu do’kon faoliyatini yo’lga qo’ygan yosh tadbirkor «MY SWEETY 2020» MChJ rahbari Sh.Shomirzayeva bundan bir necha oy avval tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish hamda shu sababli kredit olish istagini bildirdi va mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida bankdan imtiyozli kredit ajratildi hamda mazkur savdo shoxobchasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Mazkur savdo do’konida jami 27 turdagi maishiy texnika vositalari sotilmoqda. Shuningdek, kompyuter xizmatlari ham yo’lga qo’yilishi natijasida 2 ta ish o’rni yaratildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan