Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 24-avgust kuni Shirin energetika kollejida bo‘lib o‘tgan shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari chuqur tahlil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Abduxalil Mavrulov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi va uning viloyat bo’limi boshlig’i, Shirin shahar sektor rahbarlari, soha xodimlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Ma’naviyat va ma’rifat masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda bu borada qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yilganligi, Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatilganligi bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy sohaning naqadar muhim ekanligini ko’rsatadi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan qator kamchiliklar qayd etildi, mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan