Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida “Ayollar daftari”ga kiritish uchun tavsiya etilgan xotin-qizlar holati o’rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, og’ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida muhim choralar ko’rilmoqda. Xususan, ayni kunlarda Shirin shahar hokimining o’rinbosari – Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Dildora Umarova boshchiligida ishchi guruh ishtirokida “Ayollar daftari”ga ro’yxatga kiritish bo’yicha tavsiya etilgan jami 361 nafar xotin-qizlar haqiqatan ham ro’yxatga kiritish bo’yicha mezonlarga mos ekanligi bo’yicha ularning ijtimoiy holati va sharoitlari o’rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur o’rganish jarayonlari joriy yil 4-apreldan boshlanib, 15-aprelgacha davom etadi va ishchi guruh xulosasiga asosan, yakuniy ro’yxat shakllantiriladi va mazkur ro’yxatdagi xotin-qzilar Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar ishtirokida muhokama qilinib tasdiqlanadi va Kengash qaroriga muvofiq “Ayollar daftari”ga kiritiladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version