Shirin shahrining turizm salohiyatini oshirish, joylarda “Yashil hudud”larni barpo etish maqsadida Shirin shahar Turizm va sport bo’limi tomonidan Nurobod mahallasida joylashgan o’rmon xo’jaligidagi mavjud sharoitlar, daraxt ko’chatlari soni va navi yuzasidan o’rganish o’tkazildi.
Ma’lumot o’rnida, Sirdaryo o’rmon xo’jaligiga qarashli mazkur landshaft 1980-1981-yillarda tashkil qilingan bo‘lib, jami yer maydoni 16 gektarni tashkil qiladi. Hozirda 4,5 gektar yer maydonidan foydalanib, 16 turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar yetishtirib kelinmoqda. Xususan, manzarali daraxt ko‘chatlardan hozirda:
- manzarali Kiril sasna daraxti ko‘chati;
- manzarali Eldariski sasna daraxti ko‘chati;
- manzarali Majavenik archa ko‘chati;
- manzarali Sharq tuyasi archa ko‘chati;
- manzarali Kashtan daraxti ko‘chatlari yetishtirilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, bog‘dorchilik uchun mevali daraxtlardan olma, o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, nok, anor, jiyda va boshqa mevali ko‘chatlar ham yetishtirilib kelinmoqda.
Kelgusida mazkur o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yurituvchi bog‘bon va ishchi xodimlarga sharoit yaratish maqsadida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘rmon uylari qurish; manzarali daraxt ko’chatlari navlarini ko’paytirish, ko’plab turdagi gullarni ham yetishtirish; har xil turdagi qushlar va parrandalarni ko‘paytirish reja qilingan.
Ushbu hududning turistik joziabadorligini oshirish borasida shahar Turizm va sport bo’limi boshlig’i tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati