Yoshlarni har taraflama qo’llab-quvvatlash bo’yicha joylarda zaruruiy chora-tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 13-oktabr kuni Shirin shahar Nurobod mahallasida bir guruh uyushmagan yoshlar bilan shahar hokimligi hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.
Uchrashuvda shuningdek, uyushmagan yoshlarning ota-onalari ham bevosita ishtirik etishdi. Tadbirda yoshlar hamda ularning ota-onalari tomonidan tomonidan tadbirkorlik, kredit, ishga joylashish, subsidiya va boshqa masalalarda murojaatlar yo’llandi.
Barcha murojaatlar tegishi tartibda nazoratga olindi, shuningdek endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yoshlarga tavsiyalar berildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati