Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida sanoat ko’rsatkichiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan yirik ishlab chiqarish subyektlarini har taraflama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’p tarmoqlarda keng ko’lamli muhim islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu islohotlarning samara berayotganligini yaqin 4-5 yil ichida yaqqol ko’rish mumkin.
Hududlarning investitsion jozibadorligini yanada oshirish, sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida yirik ishlab chiqarish sektorlarini yanada ko’paytirish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 13-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Abror Toshmatov boshchiligida ishchi guruh Shirin shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida joriy yilning 3-avgust kuni “2021 yil I yarim yil yakunlari natijadorligi hamda har bir tarmoq va hududlar bo‘yicha joriy yil to‘qqiz oy va yil yakunlariga qadar amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir hudud bo‘yicha 2021 yil uchun belgilangan ko‘rsatkichlarni 30-40 foizga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Berilgan vazifalar ijrosi yuzaidan hududiy sanoat ko‘rsatkichlarini 40 foizga oshirish yuzasidan doimiy asosda faoliyat yurituvchi ishchi guruh ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda A.Toshmatov tomonidan shaharda sanoat ko’rsatkichlari yuzasidan taxliliy, tanqidiy axborot o’qib eshittirildi. Yig’ilish davomida bu borada yo’l qo’yilayotgan qator kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sanoat hajmini yanada oshirish bo’yicha tegishli tashkilot rahbarlariga muhim ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Yig’ilishdan so’ng, “ACWA POWER SIRDARYA” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi ko’zdan kechirish hamda mavjud masalalarni muhokama qilish maqsadida obyektga tashrif buyurildi.

“ACWA POWER SIRDARYA” kompaniyasining konferensiyalar zalida mazkur yirik “Bug’-gaz” issiqlik elektr stansiyasi loyihasi bo’yicha ayni kunlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, loyiha yuzasidan ayrim masalalar muhokama qilindi.

Xususan, loyiha doirasida yirik magistral gaz tarmoqlarining mahalliy tarmoq bilan integratsiyalash, asosiy qurilish ishlari uchun zaruriy jihozlarning standartlarga to’la javob berishi, ishchi xodimlarning mehnat muhofazasi va boshqa muhim masalalar muhokama qilinib, muammolarni hal etish bo’yicha zarur choralar belgilanib, kelgusida ushbu yirik loyihani sifatli va tez fursatlarda ishga tushirishda mazkur ishchi guruh yordamga doim tayyor ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan