Site icon Shirin shahar hokimligi

Apparat xodimlari

(VAKANT)– shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari
Telefon: (67) 764 55 05

  • Biografiyasi
  • Funksional vazifalari

    Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risida
    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli, Samarqand viloyati hokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi 603-Q sonli qaroriga muvofiq shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhining (bundan keyin “guruh” deb yuritiladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Guruh shahar hokimligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, bevosita shahar hokimiga bo‘ysunadi.
    2. Guruh o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlari, shahar hokimining qaror va farmoyishlari, shahar hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
    II. Guruhning vazifalari va funktsiyalari
    3. Guruh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
    3 avgustdagi “Viloyatlar, shaharlar va shaharlar hokimliklari tashkiliy kadrlar xizmati maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 303-sonli hamda 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari hamda boshqa tegishli qonun va qonun osti hujjatlariga asosan ish yuritadi.
    4. Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari, shuningdek, xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish;
    shahar hokimligi tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantirgan holda uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
    belgilangan muddatlarda shahar hokimligi tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqaruv organlari rahbar va xodimlaridan nazoratdagi hujjatlar, qaror, farmoyish, yig‘ilish bayonlari, chora-tadbirlar, nazorat rejalari va boshqa topshiriqlarning ijrosi to‘g‘risida ma’lumot olish;
    shahar hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimi qaror, farmoyishlari va boshqa hujjatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan qabul qilingan shahar hokimining hujjatlari bajarilishini ta’minlash chorasini ko‘rish;
    boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hokimning ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;
    tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlash;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish, hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish;
    boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish;
    zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;
    shahar hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda o‘zlari rahbarlik qiladigan komplekslari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash, tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
    hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlash;
    rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) jarayonlarini o‘rganib borish va bu borada takliflar kiritish, ta’lim muassasalari va o‘quv yurtlari bilan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
    hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh iste’dodli, mustaqillik g‘oyalariga sodiq bo‘lgan vatanparvar, fidoyi kadrlarni tanlash va ular to‘g‘risida rahbariyatga axborot va takliflar berib borish;
    shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi shahar tashkilotlari kadrlari bilan kadr ishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish, ularni axborotlarini eshitish;
    davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlarining takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda o‘rganib chiqib, shahar hokimiga kiritish;
    shahar hokimining o‘rinbosarlari, hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga nomzodlarni tanlash, o‘rganish va shahar hokimiga takliflar kiritish;
    ushbu Akademiyani bitiruvchilari hamda oliy o‘quv yurtlarini bitirganlarni keyingi ish faoliyati to‘g‘risida monitoring ishlarini olib borish;
    tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha hokim rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatish;
    xalq deputatlari shahar Kengashi, uning komissiyalari va boshqa ishchi organlarining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, deputatlarga ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
    fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda hududiy davlat organlariga ko‘maklashish;
    mahalliy davlat hokimiyati organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida takliflar tayyorlash, barcha turdagi saylov komissiyalarining mustaqil va oshkora ishlashlari uchun sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashish;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
    zaruratga qarab shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqaruv organlarining mas’ul mutaxassislarini shahar hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tayyorlash ishlariga jalb qilish;
    guruh vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqaruv organlari rahbar va xodimlarini taklif etish va ularning takliflarini ko‘rib chiqish.
    Guruh to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
    III. Guruhning huquqlari va javobgarligi
    5. Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
    o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlaridan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
    shahar hokimi topshirig‘iga binoan hududiy boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlarining yig‘ilishlarida qatnashish;
    zarurat bo‘lganda, tashkiliy-nazorat va kadrlar ishi bo‘yicha hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
    hududiy boshqaruv organlari tomonidan kiritilgan xalq deputatlari shahar Kengashi hujjatlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
    hududiy boshqaruv organlarining normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari shahar Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
    Guruhning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek tashkiliy-nazorat va kadrlar ishi bo‘yicha shahar hokimining qaror, farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar shahar hokimining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, guruh belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
    6. Guruh:
    o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi qaror, farmoyish va topshiriqlari, shuningdek shahar hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda boshqa hujjatlarning shahar hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etilishi;
    kadrlar hisobga olinishining va ular bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarning ahvoli, kadrlar bo‘yicha hujjatlarning saqlanishi va ishlarning yuritilishi uchun javob beradi.
    Guruh rahbari va xodimlari o‘z vazifalari va funktsiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
    IV. Guruhning tuzilmasi
    7. Guruhning tuzilmasiga guruh rahbari, 1 nafardan yetakchi mutaxassis kiradi.
    8. Guruhning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
    PQ-2691-sonli qarori bilan belgilangan.
    9. Guruh ishiga guruh rahbari rahbarlik qiladi.
    Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
    Guruh xodimi boshqaruv organlarida ishlagan, tajribali mutaxassislar orasidan tanlanadi, ular guruh rahbarining taklifiga asosan shahar hokimining farmoyishi bilan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi.
    Guruh o‘z faoliyatini ish rejalari asosida olib boradi.
    Guruhda har haftada yig‘ilishlar o‘tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo‘ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.
    Guruhda ish yuritilishi, hujjatlarning ijrosi guruh mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda bu haqda har oyda guruh rahbariga ma’lumot berib boriladi.
    V. Guruh faoliyatini tashkil etish
    10. Guruh ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari, shahar hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek shahar hokimligining ish rejalari, guruhning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
    11. Guruh rahbari:
    Guruhga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassis ishlarini tashkil qiladi hamda mazkur Nizomga muvofiq guruhga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun to‘liq javob beradi.
    Guruh mutaxassisi ishlarini muvofiqlashtiradi, ijro intizomini ta’minlaydi, sohaga oid hokimlikda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi.
    Tuman hokimining o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda shahar hokimligi boshqaruv apparati xodimlari hamda nomenklatura bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlab, bu bilan bog‘liq hujjatlarni shahar hokimiga kiritadi.
    O‘z vakolati doirasida kadrlarni tanlash, tavsiya etish va almashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi va shahar hokimligi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.
    Viloyat hokimligi va shahar hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbarlarni tanlash, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish va ularga amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi.
    Kadrlar zaxirasi sifati uchun shaxsan javob beradi. Zaxiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etadi.
    Guruh ishlarini takomillashtirish, mutaxassislar ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi, guruh vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi.
    Guruh xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo berish to‘g‘risidagi takliflarni shahar hokimiga taqdim etadi.
    Guruh mutaxassisiga vakolati doirasida topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
    Xalq deputatlari shahar Kengashining hamda shahar hokimligining ish rejasi loyihalarini ko‘rib chiqadi va shahar hokimi tasdig‘iga kiritadi.
    Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi.
    Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida boshqa vazifalarni ham bajaradi.
    12. Guruh rahbari vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini o‘zining ko‘rsatmasi va shahar hokimi topshirig‘iga ko‘ra mutaxassisi bajaradi.
    13. Guruhning yetakchi mutaxassisi o‘z faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funktsional vazifalariga muvofiq amalga oshiradi.
  • Kamolova Dilnoza Abdullajonovna – shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
    Telefon: (67) 764 54 12

  • Biografiyasi
    Kamolova Dilnoza Abdullajonovna 1989-yil 15-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.

  • Funksional vazifasi
    Quyidagilar shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
    – Ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    – Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
    – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
    – Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “o‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
    – Geografik va boshqa toponimik ob’yektlar, madaniy meros ob’yektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kirtish;
    – Hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmalari boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
    – Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.
    Maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
    – davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda ularning tizimdagi tashkilot va muassasalarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
    – davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari huzurida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
    – davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;
    – davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtincha ekspert guruhlarini tuzish;
    – davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha vujudga kelgan holatlar yuzasidan ma’luotnoma va takliflar kiritish;
    – davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari muassisligida ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari, ularning Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
    Maslahatchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  • (VAKANT) – shahar hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo’yicha hokim maslahatchisi
    Telefon: (67) 764 44 34

  • Biografiyasi
    ***

  • Funksional vazifasi
    hokimlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, hokimlik rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
    ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish;
    muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish;
    ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
    davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Ergashev Yorqin To’ychiyevich – shahar hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
    Telefon: (67) 764 53 75

  • Biografiyasi
    Ergashev Yorqin To’ychiyevich 1983-yil 7-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    O‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo‘yicha hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishlarini tashkil qiladi. Hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda majmua yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
    Majmuaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi bo‘yicha javob beradi, majmuaga taalluqli tashkilotlarda o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha shahar hokimligi nomidan ish ko‘radi, tarmoqdagi tashkilot va muassasalarning islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    Majmua ishini yaxshilash va xodimlarning ish malakasini oshirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Iqtisodiyotda davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanadi.
    Majmuaning ijro intizomini mustahkamlash bilan shaxsan shug‘ullanadi. Ahvolni tanqidiy tahlil qilib boradi va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Tizimdagi kadrlarni malaka va tajribasini oshirish, o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi.
    Majmuadagi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazib, zarur ko‘rsatma, topshiriq va tavsiyalar beradi. Ishni tashkil etish uchun hisobotni va majmua vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa axborotlarni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi.
    Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazoratga oladi. Majmua ishini rejalashtiradi, vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal qilish bo‘yicha yo‘nalishlarni va vazifalarni belgilaydi, taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
    Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, bandlikni, aholi daromadlari o‘sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar bilan shug‘ullanadi.
    Hududiy boshqaruv organlarining boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    Mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
    Hududiy dasturlarni amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash ishlarini faol bajaradi.
    Mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan byudjetning muvozanatliligini, soliqlar va boshqa majburiy tushumlarning o‘z vaqtida tushishini, xarajatlarning moliyalashtirilishini hamda to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi.
    Tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimi hamda shahar hokimining qarorlari bajarilishini nazorat qiladi.
    Ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirib, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishni ta’minlaydi.
    Hududiy davlat boshqaruvi organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishini rag‘batlantirish va tashkil qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimi va shahar hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
    Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
    Iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    Chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
    Tegishli komissiyalarning ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
    Quyidagi tashkilotlar tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:
    shahar hokimligi Moliya bo‘limi;
    shahar Davlat soliq inspektsiyasi;
    shahar Statistika bo‘limi;
    shahar G‘aznachilik bo‘limi;
    shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi;
    Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi;
    shahar tijorat banklari;
    Savdo-sanoat palatasining shahar bo‘limi;
    shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi;
    “O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati shahar bo‘limi;
    “O‘zbektelekom” kompaniyasi shahar filiali;
    shahar Arxiv ishi bo‘limi;
    shahardagi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar.
    shahardagi barcha avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
    shahardagi ulgurji sharob savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
    Sug‘urta tashkilotlari;
    shahardagi Bozorlar bozorlar va savdo komplekslari.
  • Abduraxmonov Sardor Abdulla o‘g‘li –shahar hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yichamasalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
    Telefon: (67) 764 41 41

  • Biografiyasi
    Abduraxmonov Sardor Abdulla o’g’li 1996-yil 3-may kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Jizzax politexnika institutini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Ish rejasi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Sanoat va transport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
    Hududda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil qilish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, iste’mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishga hamda mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlarini korxona va tashkilotlarda qo‘llanilishini amalga oshirilishida ko‘maklashadi.
    Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejalishini ta’minlovchi dasturlar ijrosini ta’minlash, aholini neft mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlarini o‘rgangan holda ularni neft mahsulotlari yonilg‘isi bilan ta’minlanishiga doir barcha chora-tadbirlar ishlab chiqishda mas’ul hisoblanadi.
    Sohaga taalluqli maqsadli dasturlar ijrosini tayyorlaydi. Metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish-topshirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini ta’minlaydi.
    shahar hokimining o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan berilgan barcha topshiriqlarni bajarilishini ta’minlaydi.
    Lavozimi doirasiga kiruvchi masalalar muhokamasi yuzasidan shahar hokimligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazoratni olib boradi.
    Mazkur tarmoq bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumat qaror va farmoyishlari viloyat hamda shahar hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.
    Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:
    shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
    shahar hokimligi arxitektura va qurilish bo’limi;
    shahar avtomobil yo‘llari bo‘limi;
    shahar “Toza hudud” davlat unitar korxonasi;
    Shirin shahar elektr ta’minoti korxonasi;
    “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi;
    Shirin shahar suv ta’minot korxonasi
  • Xusanov Sirojiddin Alfarobi o’g’li – yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘yicha bosh mutaxassisi
    Telefon: (67) 764 43 26

  • Biografiyasi
    Xusanov Sirojiddin Alfarobi o’g’li 1994-yil 29-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug‘ilgan. 2021-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Boshqaruv organlarining, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining shahar tizimi, ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish hamda barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashdagi faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
    aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlarini tizimli tashkil etish;
    yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
    yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarni muvoifqlashtirib borish;
    yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
    uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda ishtirok etish;
    uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
    yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,
    yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
    yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish;
    har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
    uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
    Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimi va shahar hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
    Quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalarini ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:
    O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi;
    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi;
    shahar xalq ta’limi bo‘limi;
    o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari;
    shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi;
    shahar tibbiyot birlashmasi;
    shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
    shahar madaniyat bo‘limi;
    shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limi;
    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi;
    shahar Mahalla Kengashi;
    ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie);
    O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi;
    O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning shahar bo‘limlari;
    “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi shahar bo‘limi milliy-madaniy markazlari;
    Kasaba uyushmalari tashkilotlari shahar Kengashi;
    O‘zbekiston Musulmonlar idorasi shahar vakilligi;
    noislomiy diniy tashkilotlar;
    milliy-madaniy markazlari;
    boshqa jamoat tashkilotlari.
  • – shahar hokimligining investitsiyalar va tashqi savdo bo’yicha bosh mutaxassisi
    Telefon: (67) 764 45 15

  • Biografiyasi
    Xolyigitov Doniyor Alisher o’g’li 1998-yil 14-aprel kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2021-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Ish rejasi asosida ishlaydi. shahar hokimining tegishli qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan muassasalarga bog‘lik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.
    shahar hokimining tegishli o‘rinbosari topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi.
    Tegishli komissiyalarning ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
    shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish, shaharda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yagona investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
    xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va shahar hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    shaharning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqadi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
    shaharning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamg‘armalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish, hamkorlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga kiritadi;
    investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganligini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish asosida shahar iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradi;
    xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘lar (grantlar), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
    shaharning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish bo‘yicha Respublika, viloyat miqyosida va chet ellarda o‘tkaziladigan xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida ishtirok etadi;
    investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx ko‘rsatkichlari, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalarning qiymat ko‘rsatkichlariga doir import shartnomalarini tizimli asosda puxta ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
    shahardagi loyiha institutlari va tashkilotlarining investitsiya loyihalari, avvalo xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etadi;
    davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma ob’ektlari va resurslar eng ko‘p sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga ko‘maklashadi;
    dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqadi;
    jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    shahardagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amalda foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda shahar iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi;
    atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi ekologik toza texnologiyalarni qo‘llagan holda unumdorlikni oshirishni nazarda tutadigan “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarining printsiplarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashadi;
    shahar innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistika faoliyati samaradorligining o‘sishiga faol ko‘maklashadi;
    makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga ta’sirini baholash bilan o‘zaro bog‘liqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini shakllantirishga ko‘maklashadi;
    xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshiradi;
    innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan xududlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini oladi;
    eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” kontseptsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi;
    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirishga ko‘maklashadi;
    ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” kontseptsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;
    iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
    innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik g‘oyalarini ishlab chiqadi;
    ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;
    yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi;
    innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar,
    biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etishga, shuningdek
    IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashadi;
    uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendentsiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va yuqori texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatadi;
    mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar hamda yer uchastkalarini aniqlaydi;
    ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni aniqlaydi;
    yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi;
    Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublika miqyosida ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi.
    hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
    hududning turizm sohasidagi asosiy vazifalar va turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
    turizm sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatiga taaluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqqa kiritish;
    turistlar (ekskursantlar)ga hududdagi turistik resurslardan samarali foydalanish, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi favqulotda yordam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;
    turizm sohasida turli tadbirlar (festivallar, sayllar v.b.)ni tashkil etish va o‘tkazish;
    chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
    sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
    turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
    qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob’ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
    turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
    turizmni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
    turizm sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish;
    turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish;
    turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, turizm xizmatlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqsh, chet mamlakatlardagi turizm markazlarida narx konyukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni eksport qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
    madaniy-tanishtiruv maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun va sayohatlar tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
    yurtimizda va chet el mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan milliyva xalqarro turizm yarmarkalarida muntazam ravishda faol ishtirok etish yo‘li bilan hududning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
    chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
    jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etish, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqish;
    hududdagi turizm axborot markazlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlash.
    majmuaga yuqori tashkilotlardan kelgan hamda hokim o‘rinbosari va majmua nazoratidagi xatlarni o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi va bajarilishi ta’minlanmagan hujjatlar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
    Quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalarini ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:
    shahar Investitsiya bo‘limi;
    Chet el investorlari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar;
    shuningdek faoliyat doirasiga kiruvchi barcha korxona tashkilot hamda xo‘jalik birlashmalari.
    shahardagi turizm sohasi sub’ektlari (mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari v.b.);
    turizm infratuzilmasini shakllantirishda va turistlarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlar.
  • Axmadov Bekzod Abdusattor o’g’li – shahar hokimligi devonxona bosh mutaxassisi
    Telefon: (67) 764 44 44

  • Biografiyasi
    Axmadov Bekzod Abdusattor o’g’li 1996-yil 1-mart kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug‘ilgan. 2019-yil Toshkent davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Devonxona faoliyatini tashkil etadi va rahbarlik qiladi. Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qiladi.
    Hokimlikda ish yuritish, hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlashni tashkil etadi. Shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarorlari, shuningdek, tuman hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qo‘llanmasi, tavsiya va yo‘riqnomalari asosida ish yuritishni ta’minlaydi.
    Shahar hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan hujjatlar nomenklaturasiga amal qilinishini o‘rganib boradi va amaliy yordam beradi.
    Shahar hokimligi tarkibiy bo‘linmalari bilan ish yuritish yuzasidan munosabat yuritadi. Shahar hokimligida ish yuritish ahvolini o‘rganadi va amaliy yordam ko‘rsatadi.
    Devonxona mudiri tuman hokimining tezkor topshiriqlari ijrosini tashkil etadi, ish xonasida jihozlarning saqlanishini ta’minlaydi.
    Shahar hokimining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda tegishli mas’ullar tomonidan viza qo‘yilganligini ko‘rib chiqib, tuman hokimiga kiritilishini ta’minlaydi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan bo‘linma mas’ul xodimi tomonidan jo‘natish varaqasida ko‘rsatilgan nusxa soniga ko‘ra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.
    Hokimning qaror va farmoyishlari hamda hokimlik devoniga kelgan hujjatlarni muqovalashga tayyorlaydi, to‘liqligiga qarab muqovalashtirishni tashkil etadi va nazorat olib boradi.
    Devonxona mas’ul xodimlari ish faoliyatini vazifalar taqsimoti bo‘yicha muvofiqlashtiradi va faoliyatini tahlil etib boradi, tegishli taklif va xulosalarini rahbariyatga bildiradi.
    Shahar hokimining qaror, farmoyishlari, hokimlikning chiqish hujjatlari va yig‘ilish bayonnomalarini ijrochi tomonidan berilgan jo‘natish varaqasi asosida nusxa ko‘paytirib olishga hamda arxiv hujjatlarini olish va foydalanishni tegishli soha bo‘yicha hokim o‘rinbosarining yozma ruxsati asosida hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishni faqat tuman hokimining aniq ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiradi.
    Hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, ish yuritish yo‘riqnomasi va ijroni nazorat qilish va tekshirish bo‘yicha asosiy qoidalar, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishtiradi.
    Xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko‘paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo‘natishni ta’minlaydi.
    Shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar bayonnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularning saqlanishini ta’minlaydi.
    Yuqori organlardan kelgan hujjatlarni muhimligi aniq muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar hamda viloyat hokimining topshiriq ko‘rsatmalariga qarab hujjatlarni nazoratga oladi va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda “N” belgisini qo‘yadi.
    Devonxona bo‘limi 2-toifali mutaxassisi
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli hamda 29-martdagi 140-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomalarda ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan bandlarga muvofiq ish olib boradi.
    Devonxonaga kelib tushgan barcha hujjatlarni hokim va hokim o‘rinbosarlari ko‘rsatmasidan so‘ng ijrochilarga yetkazadi.
    Hujjatlarni to‘g‘ri jo‘natilishini tashkil qiladi va tuman hokimligi xodimlari tomonidan hujjatlarni olishda kartochka va daftarlarga to‘g‘ri hamda aniq yozilishini ta’minlaydi hamda barcha hujjatlarni ijrochilarga yetkazishga shaxsan mas’ul.
    Ish yuritishni tasdiqlangan Yo‘riqnomalar talabi asosida olib boradi va hujjatlarning to‘liq saqlanishini ta’minlaydi.
    Shahar hokimligidan chiquvchi hujjatlarni konvertga solib, reestr yozadi va belgilangan tartibda oluvchiga (maxsus), feldeger aloqa tarmoqlari orqali yetkazish uchun topshiradi (shartnomaga ko‘ra). Hujjatlarni konvertga to‘g‘ri va sifatli joylashtirib jo‘natadi.
    Shahar hokimligiga kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, hujjatlari, topshiriqlari, yig‘ilish bayonlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimi qaror, farmoyishlari, hujjatlari, Rayosat, majlis bayonlari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari, shuningdek tuman hokimi qaror, farmoyish, yig‘ilish bayonlari, topshiriqlari uchun tegishli 1b, 2b, 3b nazorat kartochkalari yuritilishini ta’minlaydi.
    Lavozimi doirasiga kiruvchi masalalarning muhokamasi bo‘yicha tuman hokimligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi.
  • Sultonnazarov Sahibnazar Imomnazarovich – shahar hokimligi bolalarni himoya qilish sho’basi mudiri
    Telefon: (67) 764 44 24

  • Biografiyasi
    Sultonnazarov Sohibnazar Imomnazarovich 1982-yil 19-mart kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Toshkent yuridik texnikumini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq ish yuritadi.
    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya ish faoliyatini tashkil etadi;
    Komissiya faoliyatiga doir yig‘ma jildlarni yuritadi.
    Komissiyasining qarorlari ijrosini hamda qarorlarningbajarilishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida ko‘rsatma, topshiriqlar yuborib, ularni ijrosini ta’minlaydi.
    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya qarorlari ijrosini hamda qarorlarning bajarilishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida tegishli boshqarma va idoralarga ko‘rsatma, topshiriqlar tayyorlaydi va ularni ijrosini ta’minlaydi.
    Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligini oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha guruh rahbariga umumlashtirilgan ma’lumotlar tayyorlaydi.
    Komissiya yig‘ilishiga hujjatlarini tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, ularni joylarda ijrosini ta’minlanishi ustidan nazorat qiladi.
    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya ishlar nomenklaturasiga asosan sohaga oid boshqarma va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirgan holda yig‘ma jildlarni belgilangan tartib asosida yuritadi.
    Belgilangan tartibda sohaga oid boshqarma va idoralardan har chorak yakunlari bo‘yicha statistik hisobotlarni qabul qiladi, hisobotlarni umumlashtirgan holda viloyat xokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga yuborilishini tashkillashtiradi.
    Komissiya quyidagi boshqarma va idoralar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi:
    shahar Ichki ishlar bo‘limi;
    shahar Adliya bo‘limi;
    shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi;
    shahar Xalq ta’limi bo‘limi;
    o‘rta-maxsus Kasb-hunar kollejlari;
    shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi;
    shahar tibbiyot birlashmasi;
    shahar Mahallalar Kengashi;
    O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi;
    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi;
    shahar mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» jamiyati;
    shahar Kasaba uyushmalari tashkilotlari;
    shahar madaniyat bo‘limi.
    shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limi.
  • Kamilov Dilshod Hamroqulovich – shahar hokimligi bosh yuriskonsulti
    Telefon: (67) 764 44 91

  • Biografiyasi
    Kamilov Dilshod Hamroqulovich 1986-yil 14-aprel kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2012-yil O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan.
  • Funksional vazifasi
    Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimining qaror va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
    hokimlikning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
    hokimlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
    hokimlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
    hokimlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
    shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, hokimlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
    Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
    1) hokimlikning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:
    a) hokimlikda, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
    b) hokimlik rahbariyatiga taqdim qilinadigan qaror, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan hokimlikning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
    v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
    g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda hokimlikning qaror, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
    d) hokimlik va tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
    e) hokimlikning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
    j) hokimlikda boshqaruv tizimini takomillashtirish, tizimga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    z) hokimlikda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
    i) shahar hokimiga hokimlik faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
    k) hokimlik xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;
    2) hokimlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek hokimlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:
    a) hokimlikning norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
    b) hokimlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    v) hokimlikning normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda Adliya boshqarmasiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
    g) ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korruptsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
    d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan hokimlikning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
    e) tizimli ravishda hokimlikning tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korruptsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;
    j) hokimlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    z) hokimlikga kelib tushgan va o‘zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;
    i) hokimlikning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, hokimlik rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;
    k) hokimlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
    l) hokimlik tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni ta’minlaydi;
    m) hokimlik tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;
    3) hokimlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:
    a) hokimlik rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
    b) hokimlik, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
    v) hokimlik faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi.
    4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, hokimlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
    a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;
    b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda hokimlik tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
    v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
    d) hokimlikning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va hokimlikga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, hokimlikda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
    Hokimlikning yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.
    Yuridik xizmat boshlig‘i va bosh yuriskonsultiga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funktsiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Abduraxmanova Shaxnoza Xudoyqulovna – shahar hokimligi bosh hisobchisi
    Telefon: (67) 764 44 47

  • Biografiyasi
    Adburaxmanova Shaxnoza Xudoyqulovna1981-yil 26-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati tug‘ilgan. 2001-yil Shirin energetika texnikumini tamomlagan.
  • Exit mobile version