Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar yoshlariga tadbirkorlik uchun bo‘sh binolar ajratib berilmoqda

Shirin shahar hokimi o‘rinbosari I.Maxmudov Shirin shahar Amir Temur mahallasi hududida tashkil etilayotgan “Yoshlar sanoat zonasi” hududini yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun bino ajratib berish ishlarini amalga oshirmoqda.

Ushbu tadbirkorlik zonasida faoliyat olib borish istagini bildirgan 14 nafar yoshlarning qiymati 8 mlrd. 850 mln. so‘mlik loyihalari tanlab olingan bo‘lib, ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 94 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yaratilishi kutilayotgan ushbu yangi ish o‘rinlariga “Yoshlar  daftari”da turuvchi ishsiz yoshlar ishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shirin shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi

Exit mobile version