Site icon Shirin shahar hokimligi

IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FAROVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR

Shirin  shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2025-yilning Yanvar-mart oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

    ✅ 2025-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 1 457,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 67,0 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 90.5 % ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-mart oylarida, Shirin  shahrida jami 29,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,9% ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 27,1 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 112,3 % ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 789,9 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140,4 % ni tashkil etadi.

    ✅2025-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 18 459,5 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,2 % ga yetdi.

       Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali   yuborishni unutmang.

       Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Shirin shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi

Exit mobile version