Site icon Shirin shahar hokimligi

📚 Kitob – eng yaqin do‘st!

📖 Shirin shahrida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

✅ 2025-yil 21-aprel kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍 Haftalik doirasida Shirin shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari kutubxonaga ekskursiya uyushtirib, bu maskanning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida o‘quvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi, kitob fondi va bolalar bo‘limida bo‘lishdi. Ular kutubxona qoidalari, kitoblardan foydalanish tartibi va o‘qish madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

📚 Tadbir yakunida esa o‘quvchilar tomonidan “Bolaga kitob bering” nomli she’r asosida chellenj boshlab berildi. Bu orqali ular kitobga mehrni oshirish va kitobxonlikni targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqdalar.

Exit mobile version