Site icon Shirin shahar hokimligi

Amir Temur mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida bugun «Amir Temur» mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi. 

Unda shahar korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolari yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan 7 ta turli mazmundagi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Exit mobile version