Site icon Shirin shahar hokimligi

Energiya samarador mahsulotlarning afzalliklari hamda qulayliklari to‘g‘risida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 8-aprel kuni ATB «Agrobank» Shirin shahar filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi  “Uy-joy hamda bino inshoatlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbiorlari to‘g‘risida”gi PQ-100-sonli qarori mazmun mohiyatini jamoatchilik va tadbirkorlarga yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida ATB «Agrobank» Shirin shahar filiali boshqaruvchisi Sh.Xujamqulov hamda Markaziy bank Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasi vakili N.Usmanov tomonidan ishtirokchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari hamda ajratilayotgan imtyozli kreditlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, fuqaro 5 kVt quyosh paneli va uskunalari uchun 60 oy muddatga, 27 million so‘m kredit oladigan bo‘lsa, ushbu kredit bo‘yicha oylik to‘lov 708 ming so‘mdan to‘lanadi. Quyosh panelini 20 yil xizmat qilishini hisobga olsak, 5 yilda kredit to‘liq qaytariladi va yana 2 yildan so‘ng quyosh paneliga qilingan barcha xarajatlar to‘liq o‘zini qoplaydi. Qolgan 13 yil davomida elektr energiyasi uchun to‘lanadigan mablag‘ning 70-75 foizi iqtisod qilib to‘lanishini hisobga olsak, katta samara berayotganligini, uzoq muddatda aholi xanodoni yoki korxona uchun iqtisodiy manfaatlar keltirishini ko‘rish mumkin. Yana bir afzallik “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida umumiy quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga o‘z isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun davlat budjeti hisobidan 1000 so‘m subsidiya to‘lab berilmoqda.

Exit mobile version