Site icon Shirin shahar hokimligi

Hashar – birlik va ezgulik timsoli!

Shirin shahrida obodonlashtirish va tozalik ishlari avjida! «Obod xonadon», «Obod ko‘cha», «Obod mahalla» tamoyillari asosida mahallalar, ko‘chalar va hovlilarni yanada chiroyli va ozoda qilishga kirishilgan. Bu jarayonda tashkilotlar, mahalla faollari, yoshlar va fidoyi yurtdoshlarimiz jipslashib ishlashmoqda.

Hashar – faqatgina tozalik emas, balki hamjihatlik va mehr-muruvvat ifodasidir. Ushbu ezgu harakat ko‘pchilikni bir maqsad sari birlashtirib, shaharning yanada chiroyli va yashil maskanga aylanishiga turtki bermoqda. Har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shar ekan, bu fidoyilik kelajakka, farovon hayot sari qo‘yilgan qadam bo‘lib qoladi.

Obodlik – ezgulikning boshi, farovonlikning mezonidir! Yurtimiz ravnaqi yo‘lida barchani yanada faol bo‘lishga chorlaymiz!

Exit mobile version