Site icon Shirin shahar hokimligi

Siz o‘qigan maktabingizga kitob sovg‘a qilganmisiz?

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan “Siz o‘qigan maktabingizga kitob sovg‘a qilganmisiz?” aksiyasi boshlandi! Ushbu xayrli tashabbusga Shirin shahrida start berildi.

Bugun Shirin shahar 3-umumtaʼlim maktabida aksiyaning ilk bosqichi o‘tkazilib, shahar hokimi o‘rinbosari Farrux Alimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Murodjon Xayitov hamda shahar tashkilot rahbarlari 100 ga yaqin kitobni o‘quvchilarga tuhfa qilishdi.

Tadbir samimiy ruhda o‘tdi, bolalar bilan kutubxonada iliq suhbat qurilib, kitob o‘qishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

📚 Kitob – eng yaxshi sovg‘a!
Barcha rahbarlar, tadbirkorlar, ziyolilar va kitobsevar yurtdoshlarimizni o‘zlari o‘qigan maktabga kitob tuhfa qilishga chorlaymiz!

Shirin shahridan boshlangan ushbu ezgu tashabbusni butun Sirdaryo bo‘ylab davom ettiraylik!

➡️ Telegram | (https://t.me/joinchat/AAAAAFKW0Nr4xSpKvDfLYw)Instagram (https://www.instagram.com/shirinxabarlari2023/) | Facebook (https://www.facebook.com/Shirin-Xabarlari-104130447732314) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCuRiTOArH0NGnIm5g13ZRlg)

Exit mobile version