Shirin shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Ismadiyor Maxmudov ishtirokida “Kambag‘allikni kamaytirish, aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, kasbga tayyorlash va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan kompleks vazifalar ijrosi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda “Shirin sadosi» gazetasi bosh muharriri, shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari, sohaga aloqador shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida I.Maxmudov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, kasbga tayyorlash va fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jurnalistlar va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.