Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2024-yilning yanvar-dekabr oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

    2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 7258,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 105,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 99.6 % ni tashkil etdi.

    2024-yilning yanvar-dekabr oylarida, Shirin  shahrida jami 297,9 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 145,4 % ni tashkil etdi.

    2024-yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 101,9 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 116,1 % ni tashkil etdi.

    2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 2 100,0 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,8 % ni tashkil etadi.

    2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 87,5 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 % ga yetdi.

       Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang.

Exit mobile version