Site icon Shirin shahar hokimligi

Afg‘on urushi qatnashchilari xalqimiz ardog‘ida

Shirin shahrida sobiq ittifoq harbiy qo‘shinining Afg‘onistondan chiqarilganiga 36 yil to‘lishi hamda O‘zbekiston “Veteran” faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab viloyat prokurori Savid Imatov, shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, “Veteran” faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi vakillari, viloyatimizdagi faxriy veteranlarimiz, shahar faollari hamda nuroniylarimiz ishtirokida shahrimizdagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, urushda halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasini yod etdi.

Tadbirning badiiy qismida so‘zga chiqqanlar baynalmilal jangchilarni bayram bilan tabriklab, kelajak avlod, unib-o‘sib kelayotgan yoshlar uchun jangchilarning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati hamisha o‘rnak va namuna bo‘lib qolishini taʼkidladi. Shuningdek, shahar madaniyat bo‘limi tomonidan urush davralari aks etgan chiqishlar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar shahrimizdagi Vatanarvar xiyobonida bo‘lib, esdalik uchun fotosuratlarga tushdilar.

Shuningdek, urush qatnashchilari uchun dasturxon yozilib, bayram tadbiri tashkil etildi. Unda “Veteran” faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan faxriylarga esdalik sovg‘alari hamda nishonlari topshirildi.

Kuy-qo‘shiqlar ohangida veteranlarimiz raqsga tushib, xursandchilik qilishdi. Ularga ko‘rsatilgan ehtirom uchun Sirdaryo viloyati hokimligi va boshqa mutasaddi tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirishdi.

Exit mobile version