Site icon Shirin shahar hokimligi

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Shirin shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ismadiyor Maxmudov hamda Markaziy bank va ATB «Agrobank» Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Shirin shahar hokimining 2025-yil 4-yanvardagi «Shirin shahrida “2025-yilda Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga oid” ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi 1-9-131-Q/25-qarori ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Unda tadbirkorlik subyektlarining imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, qo‘shimcha bozor topish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi muammo va takliflari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda kelib tushgan barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Bu kabi uchrashuvlarni reja asosida doimiy ravishda o‘tkazib borish belgilandi.

Exit mobile version